menu
Toshkentda uy-joy ijarasi narxi tushishi davom etmoqda
O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli va Olmazor tumanlarida taklif etilgan

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024-yilning fevral oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qildi.

Unga ko‘ra, 2024-yil fevral oyida poytaxtda o‘rtacha taʼmirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,34 foizga, to‘liq taʼmirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxida esa o‘rtacha 0,13 foizga tushish kuzatildi.

O‘rtacha taʼmirlangan uy-joy ijarasi

2024-yil fevral oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,3 foiz ga pasayib, 394 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2 foizga arzonlab, o‘rtacha  441 dollargacha tushgan. O‘rtacha taʼmirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari 0,4 foiz ga pasayib, mos ravishda  514 va 594 dollarni tashkil etdi.

O‘rtacha taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari ikki tumanda taklif etilgan:

Ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari quyidagi tumanlarda kuzatildi: 

To‘liq taʼmirlangan uylar ijara narxlari. Fevral oyida to‘liq taʼmirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari 475 dollarni tashkil etib, o‘tgan yanvar oyiga nisbatan 0,3 foizga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda  dollar 651 va 0,6 foizni tashkil etgan. 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida (790 dollar) ham biroz (0,1foiz) tushish kuzatildi. Lekin, to‘liq taʼmirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari 0,4 foiz oshib, 919 dollargacha ko‘tarilgan.

To‘liq taʼmirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari ikki tumanda kuzatildi:

Ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali —  555 dollar, 2 xonali —  848 dollar, 3 xonali —  1057 dollar, 4 xonali —  1028 dollar) va Mirobod (1 xonali —  570 dollar, 2 xonali —  861 dollar, 3 xonali —  1024 dollar, 4 xonali —  1128 dollar) tumanlarida kuzatilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!