menu
Toshkentda PUBG akkauntini sotishini aytib, firibgarlik sodir etgan maktab o‘quvchisi aniqlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda

Toshkent shahri, Chilonzor tumanida yashovchi 26 yoshli X.S. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 550 ming so‘m nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Yangihayot tumanida yashovchi 15 yoshli A.F. sodir etganligi aniqlandi.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, A.F., jabrlanuvchi X.S. bilan Telegram orqali tanishib, PUBG akkauntini sotishi haqida aytib uni aldab, o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga 550 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘larini o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, pullarini o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi “g” bandi (firibgarlik axborot tizimidan, shu jumladan axborot texnologiyalaridan foydalanib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.F.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!