menu
Toshkentda Jolbors Business Summit bo‘lib o‘tadi
Tadbirning maqsadi ishtirokchilarni birlashtirish va rivojlantirish orqali kuchli ishbilarmonlik muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat

27—28-aprel kunlari Toshkentda birinchi Jolbors Business Summit bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sammit tadbirkorlar, biznesni rivojlantirish bo‘yicha mahoratli mutaxassislar, marketologlar va brend menejerlari uchun mo‘ljallangan Markaziy Osiyo miqyosidagi sammitdir. Tadbirning maqsadi — ishtirokchilarni birlashtirish va rivojlantirish orqali kuchli ishbilarmonlik muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat. Sammit tashkilotchilari 12 yil davomida bozor mutaxassislarini birlashtirib, sohani rivojlantirib kelayotgan Markaziy Osiyodagi eng yirik marketing va reklama festivali bo‘lmish Jolbors festivali mualliflaridir.


Jolbors loyihasi hammuassisi Sabina Reyngoldning so‘zlariga ko‘ra, yirik biznes sammitini o‘tkazish g‘oyasi va ko‘pincha ishbilarmonlik muhitini rivojlantirishda sekinlashuvga olib keluvchi mutaxassislar o‘rtasidagi anglashilmovchilik va bir taraf boshqa tarafning jarayonlariga yetarlicha kirib bormasligi muammosidan paydo bo‘lgan.
 

 Jolbors Business Summit 3 dasturi 3 qismdan iborat:
 
Mutaxassislar biznesni rivojlantirish bo‘yicha amaliyotlaridan olingan holatlar asosida ma’ruzalar bilan chiqishlari. Shuningdek, misollarda o‘rganish (case study) ko‘rinishidagi tadbirlar ham rejalashtirilgan bo‘lib, biznes boshqaruvchilari va marketing bo‘yicha direktorlarning qo‘shma chiqishlarida ular o‘z biznes keyslarini baham ko‘rishadi.

Boshqaruvchilar biznes yondashuvlari nuqtayi nazaridan muayyan holatlarni ko‘rsatib berishsa,  marketologlar esa marketing vositalari biznes muammolarini hal qilishda va ko‘zlangan natijalarga erishishda qanday yordam berganini muhokama qilishadi. Tadbir 27-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Amaliy laboratoriyalar — haqiqiy qisqacha ma’lumotlar asosida biznesni rivojlantirish va marketing bo‘yicha mahorat darslaridir. Ishtirokchilar biznes muammolarini hal qilish orqali o‘z ko‘nikmalarini amaliyotda sinab ko‘rishlari mumkin. 

Jolbors Business Breakfast — rasmiy yig‘ilish shaklidagi mutaxassislar ishtirokidagi biznes-nonushta bo‘lib, uning yordamida ishtirokchilar biznesni rivojlantirish  bo‘yicha dolzarb masalalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi. 28-aprel kuni tashkil etiladi.
 
Jolbors Business Summit haqida batafsil ma’lumotlar quyidagi Internet sahifasida keltirilgan:

https://www.jolborssummit.com

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!