qarashlar
Toshkent shahar hokimligi 18-fevral kuni poytaxtda kuchli qor yog‘ishi kutilayotganini e’lon qilgandi. Iqlimshunos Erkin Abdulahatov hokimlik xabarida keltirilgan ma’lumotlar bo‘yicha munosabat bildirdi.
Xabarda 18-fevral kuni kuchli qor yog‘ishi, kamida 12 soat davom etishi kutilayotgani, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yog‘ingarchilik hajmi ikki oylik me’yordan oshishi ma’lum qilingandi. Birozdan so‘ng hokimlik xabarni tahrirlab, qor yog‘ishi bir necha soat davom etishini ko‘rsatdi.
Erkin Abdulahatovning bildirishicha, poytaxtda so‘nggi 30 yillikdagi (1991—2020-yillar) oylar kesimidagi harorat va yog‘ingarchilik me’yorlariga tayanilsa, Toshkentda yanvar-fevralda ikki oylik yog‘in 120 mm dan ko‘pdir (bu yog‘in Xorazm viloyati uchun bir yillik yog‘indan ham ko‘p qiymat).
Poytaxt hokimligi xabarida qor yog‘ishi munosabati bilan aholiga turli tavsiyalar ham keltirilgandi. Xususan, zaruratsiz uydan chiqmaslik, shaxsiy transport vositalaridan foydalanishni minimallashtirishga harakat qilish kabilar so‘ralgan.
Erkin Abdulahatov Toshkent shahar hokimligining qor yog‘ishida aholiga turli kesimlardagi tavsiyalarini berish pozitsiyasini hurmat qilgan, olqishlagan holda xabarlarni tahrirlashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘radi.
Comments
0 comment