menu
Toshkentda gazdan noqonuniy foydalangan ikkita issiqxona davlatga 934 mln so‘m zarar yetkazdi
Aniqlangan holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxonalar aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan GTF xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro J.K. va boshqalar tumandagi “Katta Hasanboy” MFY hududidagi uyda tijorat maqsadida tashkil etilgan issiqxonada rezina shlanglar yordamida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib jami 393,7 ming metr kub tabiiy gazni o‘g‘irlab, davlat va jamiyat manfaatlariga 590,7 million so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Shu kabi, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.A.” MCHJ rahbari D.S. MCHJ issiqxonasida jami 229,4 ming metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 344,2 million so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!