menu
Toshkentda BMW beton to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketdi 
Mashina haydovchisi va yo‘lovchi tan jarohati olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yunusobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 20-mart kuni soat 03:00 larda Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasi 7-sonli shahar klinik shifoxonasi qarshisida BMW rusumli avtomashinasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilgan va ag‘darilib ketgan.

Yo‘l-transport hodisa natijasida avtoulov haydovchisi va yo‘lovchisi tan jarohati olgani sabab shifoxonaga yotqizilgan.

Avvalroq Toshkentning Olmazor tumanida Spark, Nexia-2 va Lacetti ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida bir kishi vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!