menu
Toshkent viloyatidagi metan zapravkada “Gazel”ning gaz ballonida chaqnash sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida gaz quyish shoxobchasi tom qismi va transport vositasiga zarar yetgan

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida yuz bergan holat yuzasidan maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, 15-mart kuni soat taxminan 19:30 larda Toshkent tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida 40 yoshli D.D.ga tegishli bo‘lgan “Gaz 322132” rusumli transport vositasiga gaz to‘ldirish vaqtida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz ballonining “trubka”sida chaqnash sodir bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, holat natijasida fuqarolar sog‘lig‘iga ziyon yetmagan.

Bundan oldin Navoiyda Cobalt gaz balloni portlashi oqibatida 3 yoshli bola vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!