menu
Toshkent viloyatida yana qator yer maydonlari davlat mulkiga o‘tkazildi 
Yerlardan tegishli hujjatsiz foydalanilayotgani aniqlangan

Toshkent, Piskent va O‘rta Chirchiq tumanlarida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlari davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi

Unga ko‘ra, Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev bu haqda tegishli qarorlarni imzoladi. Jumladan, Toshkent tumanida bo‘sh turgan va tegishli hujjatsiz foydalanilayotgan 74,73 gektar, Piskent tumanidagi 111,70 gektar hamda O‘rta Chirchiq tumanida zaxiraga qaytariladigan 93,74 gektar fermer va qishloq xo‘jaligi yerlari mavjudligi belgilandi. 

Qayd etilishicha, mazkur yer maydonlaridan kelgusida samarali foydalanish ko‘zda tutilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!