menu
Toshkent viloyatida treyderlik bilan shug‘ullanishini aytib, o‘zganing pulini olgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Toshkent viloyatida fuqarolarni chuv tushirib kelgan firibgar treyder qo‘lga olindi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 52 yoshli T.Sh. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, bank kartasidan 6,2 mln so‘m puli nomaʼlum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini maʼlum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Toshkent viloyati Ohangaron tumanida yashovchi 48 yoshli A.X. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, A.X. bilan Instagram orqali tanishib, unga o‘zini treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini va pullarini oz fursatlarda ko‘paytirib berishini vaʼda qilib, aldov yo‘li bilan 6,2 mln pulni o‘tkazib olishga erishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.X.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!