menu
Toshkent viloyatida to‘rtta tumandagi mahallalar kamchiliklarini bartaraf etish uchun 4 mlrd so‘m ajratildi 
Mablag‘ 2024-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan qoplanadi

Toshkent viloyatida to‘rt tumandagi mahallalar kamchiliklarini bartaraf etish uchun 4 milliard so‘m ajratildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati. 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyatida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” meʼzonlari doirasida tasdiqlangan “yo‘l xarita”larda belgilangan dolzarb muammo va kamchiliklar bartaraf etiladi. Bu bo‘yicha viloyat hokimi Zoir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan Oqqo‘rg‘on, Yangiyo‘l, Ohangaron va Quyi Chirchiq tumanlaridagi belgilangan 1 tadan mahalladagi mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshida shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan jami 4 milliard so‘m miqdorda mablag‘ ajratildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!