menu
Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan 12 mlrd so‘mlik sement aniqlandi
Holat yuzasidan 7 mlrd so‘m jarima qo‘llanildi

Toshkent viloyatida sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatisiz 12 mlrd so‘mlik sement mahsulotlari aniqlandi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanidagi “TCS”  MCHJda (nomi o‘zgartirilgan) sifati kafolatlanmagan, muvofiqlik sertifikatsiz sement mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 7 mlrd so‘m jarima tarzidagi moliyaviy sanksiya qo‘llanilishi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtirilgan. 

Materiallar sudga kiritilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!