menu
Toshkent viloyatida “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i pora bilan qo‘lga tushdi
U dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatiga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan 2 ming dollar talab qilgan

Toshkent viloyatida dafn marosimlarini o‘tkazishda xizmat ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga tadbirkordan pul talab qilgan bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Olmaliq shahar bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Toshkent viloyati obodonlashtirish bosh boshqarmasi “Qabristonlarni saqlash” bo‘limi boshlig‘i J.A. tadbirkor I.T.dan dafn marosimlarini o‘tkazish xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berishi evaziga 2 ming dollar talab qilib, shundan 200 dollarni qo‘lga kiritib, yana 800 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Fevral oxirlarida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlangandi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!