menu
Toshkent viloyatida fermer xo‘jaligi 3,1 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirdi
Xo‘jalik mas’ullari kreditga olingan 175 bosh chorva molini sotib yuborgan

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida imtiyozli kredit mablag‘lari evaziga xarid qilingan chorva mollarini o‘zlashtirgan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda “A.N.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari imtiyozli kredit mablag‘lari hisobiga xarid qilingan 175 bosh chorva molini naqd pulga sotib yuborib, jami 3,1 milliard so‘mni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda xususiy bog‘cha qurish uchun ajratilgan 356 mln so‘m kredit mablag‘lari talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

“Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

© «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2024

Yosh bo‘yicha cheklov

Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!