menu
Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi 
Oqibatda davlatga 333,8 mln so‘m zarar yetkazilgan

Toshkent viloyatida elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, holatlar Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangiyo‘l shahar va Parkent tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlangan. YTT M.A. kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatish obyektida, fuqaro T.T. esa ishlab chiqarish sexida elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 333,8 million so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!