menu
Toshkent viloyatida 7 yoshli qizcha o‘z ammasi tomonidan urib o‘ldirildi 
Ayol jiyani dars tayyorlamagani va yolg‘on gapirganini vaj qilib, uni jazolagan

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 7 yoshli qizcha o‘z ammasi tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, N.A.ning akasi 7 yoshli qizini uning  qaramog‘iga ishonib, topshirib ketgan. Ayol 2017-yilda tug‘ilgan qizchani 12-mart kuni soat 01:00 da dars tayyorlamagani va yolg‘on gapirganini vaj qilib, qizchani mazkur xatti-harakatlari uchun go‘yoki jazolayotgandek ko‘rsatib, o‘ta shafqatsizlik bilan tanasining turli joylaridan chimchilagan va tanasining boshqa joylariga qo‘llari, yog‘och bo‘lagi bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 12-mart kuni Bo‘ka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayolga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. 

15-mart kuni tuman markaziy tibbiyot birlashmasida voyaga yetmagan qizcha ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!