menu
Toshkent viloyati hokimligi Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatov lavozimidan ketganini tasdiqladi
Avvalroq “Daryo” manbasi shaharning sobiq hokimi ayni kunda boshqa lavozimda ish boshlagani haqida ma’lumot bergandi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati Chirchiq shahri hokimi Davron Hidoyatovning boshqa ishga o‘tayotganini, hokimlikdan ketganini tasdiqladi.

Avvalroq “Daryo” manbasi shaharning sobiq hokimi ayni kunda boshqa lavozimda ish boshlagani haqida ma’lumot bergandi.

Hokimlik axborot xizmati Davron Hidoyatov 12-mart kuni shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazganini bildirgandi. Demak ushbu qabul Hidoyatovning hokim sifatidagi so‘nggi qabuli hisoblanadi. 

Davron Hidoyatov prezidentning 2021-yil 30-yanvardagi farmoni bilan lavozimidan ozod etilgan Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatovning o‘rniga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi. O‘sha yili noyabr oyida esa viloyat hokimligidan olinib, Chirchiq shahri hokimi sifatida ish boshlagandi. Davron Hidoyatov o‘rniga Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib Qashqadaryoning sobiq hokimi Zoir Mirzayev tayinlangandi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!