menu
Toshkent metro poyezdi “Chilonzor” bekatida to‘xtab qolganiga izoh berildi
Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metrosining “Chilonzor” bekatida harakat tarkibi to‘xtab qolgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toshkent metropoliteni” DUK matbuot xizmati munosabat bildirdi.

Maʼlum qilinishicha, 8-mart kuni soat 16:48 da “Chilonzor” bekatidan harakatlanishi lozim bo‘lgan 23-sonli harakat tarkibining kompressorida havo bilan taʼminlanishida qisqa uzilishlar bo‘lgani sababli, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, mashinist tomonidan yo‘lovchilar va harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘lovchilar bekatga tushirilgan. 

Shundan so‘ng ortdan kelayotgan 22-sonli harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi poyezdlar belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!