menu
“Tolibon” armiyasi rasmiysi Pokiston bilan chegarani ko‘zdan kechirdi (foto) 
U Afg‘oniston hududi o‘qqa tutilsa, tajribali kuchlar darhol javob qaytarishidan ogohlantirdi

“Tolibon” armiyasi bosh shtab o‘rinbosari Maliyxon Siddiq vaziyatni tekshirish uchun Afg‘oniston va Pokiston chegarasiga bordi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.

Pokiston yetti nafar askari o‘ldirilganiga javoban 18-mart kuni Afg‘onistonning ikki viloyatiga havo hujumlari uyushtirgan edi. Hujumda “Pokiston Toliboni” nishonga olingani aytildi, biroq “Tolibon” sakkiz nafar ayol va bola halok bo‘lganini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan 20-mart kuni Maliyxon Siddiq Paktiya viloyatining Dand Patan tumanidagi vaziyatni o‘rganish maqsadida Durand chizig‘ida joylashgan harbiy xizmatchilar lagerlariga tashrif buyurgan.

“Biz urush tarafdori emasmiz, biroq hududimizning bir qarich yeri o‘qqa tutilsa, tajribali kuchlarimiz befarq qolmay, darhol javob qaytaradi” — degan u.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!