menu
Tojikiston muftiysi savdogarlardan Ramazon oyida narxlarni pasaytirishni so‘radi
Muftiy muborak oydan foydalanib, oziq-ovqat narxini oshirishdan olingan daromad tashvishdan boshqa narsa keltirmasligini aytdi

Tojikiston Ulamolar kengashi rahbari Saidmukarram Abdulqodirzoda savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni, balki arzonlashtirishni so‘radi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.

Abdulqodirzoda Ramazon oyida narxlarning sunʼiy ravishda ko‘tarilishi savdogarlarga “tashvish, muvaffaqiyatsizlik va xavotirdan boshqa narsa keltirmasligi”ni ta’kidladi.

U barcha savdogarlarni, bozor va do‘konlarda ishlayotganlarni muborak oyda har kuni xayr-ehson qilishga, narxlarni ko‘tarishga emas, balki pasaytirishga chaqirdi.

O‘tgan yillarda ham muftiy savdogarlardan Ramazon oyida oziq-ovqat narxini oshirmaslikni so‘ragan. Biroq, bu chaqiriq savdogarlar tomonidan e’tiborsiz qolmoqda.

Tojikiston aholisi har yili Ramazon oyida oziq-ovqat narxining oshishidan shikoyat qiladi. Ular ayrim savdogarlar muborak oydan tovarlar narxini oshirish uchun foydalanayotganidan xavotir bildiradi, Ramazondan keyin yuqori narxlar deyarli pasaymaydi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!