qarashlar
Tish va milklar og‘riganda hamda yonoqlar shishganda iloji boricha tezroq stomatologga murojaat qilish kerak. Ammo shunday vaziyatlar bo‘ladiki, noxush tish og‘rig‘i yarim tunda yoki uzoq yo‘lga chiqqanda bezovta qiladi. Bu holatda shifokorga yetib borguncha mustaqil tez tibbiy yordam orqali og‘riqni vaqtincha to‘xtatib turish mumkin.
Avvalo og‘riq sababini izlaymiz
Ko‘pincha yaqinda davolangan tishda og‘riq kuzatiladi. Milklarda yoki tish ostida yallig‘lanish jarayoni rivojlangani sababli og‘riq paydo bo‘ladi. Kasallik jiddiy tus olganda shish kuzatiladi. Avvaliga shish deyarli sezilmaydi, keyin u asta-sekin o‘sib boradi va juda og‘riqli bo‘ladi.
Yallig‘lanishning sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Tish og‘rig‘i va yonoqlar shishganda birinchi tez tibbiy yordam
Turli shifobaxsh giyohlar (moychechak, shalfey, qarag‘ay po‘stlog‘i) damlamasi bilan chayish hamda shishni ohista uqalash, muz qo‘yish kabilar shishni bartaraf etishda va og‘riqni vaqtinchalik to‘xtatishda qo‘llaniladi.
Agar yallig‘lanish kariyesdan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘g‘ralgan sarimsoq va piyozning teng qismlari aralashmasidan og‘rigan joyga kompress qilinadi.
Comments
0 comment