menu
“Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish texnik nosozlik sabab vaqtincha to‘xtatildi
Muammo bartaraf etilsa, ovoz berish jarayoni 16-martdan davom ettiriladi

“Ochiq budjet” portalida texnik nosozliklar kuzatilayotgani xabar qilingandi. Mazkur muammo sabab “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni kechiktirilmoqda.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berish jarayoni 16-martdan boshlab davom ettirilishini maʼlum qildi.

Avvalroq “Tashabbusli byudjet”ga ovoz berishning 2024-yildagi 1-mavsumi 13-martdan 1-aprelga qadar davom etishi xabar qilingandi. Fuqarolar “Ochiq budjet” portali orqali yoki portalning mobil ilovasida tanlagan loyihalariga ovoz berishlari mumkin bo‘ladi.

Joriy mavsumda ilgari surilgan loyihalarni amalga oshirish uchun davlat budjetidan 3 trillion so‘m ajratilishi belgilangan. Bunda har bir loyiha uchun eng yuqori qiymat 1 milliard 360 million so‘mni tashkil etadi.

Hozirgacha portalga 9 443 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan 35 575 ta tashabbus kelib tushgan bo‘lib, shundan 28 919 tasi maʼqullangan. Bu galgi mavsumdan boshlab ovoz berish jarayoniga “Bir fuqaro, bir ovoz” tamoyili joriy etildi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!