qarashlar
Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi Uzun tumanida soliq inspeksiyasi xodimi va sotuvchi ayollar o‘rtasida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 12-mart kuni Uzun tumani soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan tumanning “Bahoriston” mahallasi hududida savdo qilish uchun belgilanmagan joylarda noqonuniy faoliyatning oldini olishga qaratilgan tadbirlar belgilangan tartiblarga asosan o‘tkazilgan.
Tadbir davomida mutasaddilar tomonidan ko‘p marotaba ogohlantirishlarga qaramay, qonunga zid hamda antisanitariya holatida savdo faoliyatini davom ettirib kelayotgan fuqarolar Sh.T. hamda S.T. soliq inspeksiyasi xodimi F.Ergashevning noqonuniy savdo faoliyatini rasmiylashtirish talabiga qarshilik ko‘rsatib, janjal ko‘targan va davlat xizmatchisini obro‘sizlantirishga harakat qilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Uzun tumani sudining qaroriga asosan Sh.T. hamda S.T.ga nisbatan maʼmuriy tartibda chora ko‘rilgan.
“Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” reportajida ma’lum qilinishicha, sud ikki fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 34-moddasi (bir necha huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun ma’muriy jazo qo‘llanish)ga asosan 3 BHM – 1 million 20 ming miqdorida jarima jazosini tayinlagan.
Comments
0 comment