menu
Surxondaryoda noqonuniy qum qazib olgan korxona davlatga 4 mlrd so‘mdan ziyod zarar yetkazdi 
Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8,7 ming kub qum xomashyosini noqonuniy qazib olish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi

Unga ko‘ra, holat Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan soliq inspeksiyasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan. “T.K.” MCHJ rahbari X.Y. va boshqalar “Gulhovuz” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi daryo o‘zanidan MCHJga tegishli texnikalar yordamida 8,7 ming kub hajmdagi qum xomashyosini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga 4,3 milliard so‘m zarar yetkazgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!