menu
Surxondaryoda bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi
Erkak va uning 4 nafar voyaga yetmagan farzandi vafot etgan, ayoli kasalxonada

Surxondaryoning Boysun tumanida bir oilaning 5 nafar a’zosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

25-fevral kuni taxminan soat 10:30 larda tumanning “Duoba” mahallasida yashagan erkak J.X. (1980-yilda tug‘ilgan) va uning uch nafar voyaga yetmagan farzandi — bir o‘g‘il (2013-yilda tug‘ilgan) va ikki qizi (2016 va 2018-yillarda tug‘ilgan) yashash uyida uxlab yotgan vaqtida temirdan qo‘lbola yasalgan pechdan chiqqan is gazidan dimiqib, voqea joyida vafot etgan.

Erkakning turmush o‘rtog‘i Z.N. (1986-yilda tug‘ilgan) va voyaga yetmagan yana bir qizi Boysun tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, 2008-yilda tug‘ilgan qiz 27-fevral kuni soat 10:45 larda tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari Boysun tuman prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!