menu
“Surxon” qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi (video) 
Mazkur hayvonlar O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan

“Surxon” qo‘riqxonasida fotoqopqonga Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlandi, deb xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmati. 

Maʼlum qilinishicha, “Surxon” davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonlarga O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan Buxoro tog‘ qo‘ylarining noyob tasvirlari muhrlangan. Buxoro tog‘ qo‘ylari O‘zbekistonda asosan Ko‘hitang, Boysuntog‘, Hisor, Bobotog‘ tog‘ tizmalarida uchraydi.

Ular odatda, dengiz sathidan 800-2500 metr balandlikdagi tog‘ tizmalarida va siyrak archazorlarda yashaydi. Buxoro tog‘ qo‘ylari poda bo‘lib yashaydi va mavsumiy ko‘chib yuradi. “Surxon” davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan so‘nggi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxonada 100  boshdan ortiq  Buxoro tog‘ qo‘yi borligi  aniqlangan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!