menu
Superliga. “Lokomotiv” o‘zida “Paxtakor” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Pro Ligadan chiqqan jamoa amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turida “Lokomotiv” 14-mart, payshanba kuni “Paxtakor”ga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv “temiryo‘lchilar”ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. “Lokomotiv” safida Sardor Abdunabiyev, Damyan Krayishnik va Ivan Bulatovichlar o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Lokomotiv” 7 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Paxtakor” esa 4 ochko bilan 7-o‘rindan joy olgan.

Superliga

3-tur

14-mart, payshanba

Gollar: 1:0 — 21 Sardor Abdunabiyev, 2:0 — 38 Damyan Krayishnik (penalti), 3:0 — 48 Ivan Bulatovich.

“Lokomotiv”: 1. Abdumavlon Abduljalilov, 2. Abdulazizxon Abdurashidov, 55. Anzur Ismoilov, 4. Ivan Rogach, 14. Dilshodjon Komilov, 8. Damyan Krayishnik (77. Lazizbek Mirzayev, 87), 17. Sanjar Tursunov (23. Jahongir Hoshimboyev, 87), 26. Abdulloh Yo‘ldoshev (70. Abubakirrizo Turdialiyev, 81), 22. Muhammadanas Hasanov, 7. Sardor Abdunabiyev (27. Sobit Sindarov, 90+2), 10. Ivan Bulatovich (15. Jasurbek Hakimov, 81).

“Paxtakor”: 35. Pavel Pavlyuchenko, 77. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov (40. Kimi Merk, 46), 2. Behruzbek Asqarov, 22. Umar Adhamzoda, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 18. Saidumarxon Saidnurullaev, 8. Diyor Xolmatov, 17. Dostonbek Hamdamov (31. Muhammadali Usmonov, 73), 11. Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 10. Dragan Cheran.

Ogohlantirishlar: Ivan Rogach (8), Anzur Ismoilov (71), Abdulloh Yo‘ldoshev (76), Dilshod Komilov (79), Kimi Merk (85).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!