menu
Superliga. “Bunyodkor” “Navbahor”ga qarshi o‘yinda so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, “OKMK” “Dinamo” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi
Superligada 3-tur bahslari o‘z nihoyasiga yetdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 3-turidan o‘rin olgan ikki o‘yin 17-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Navbahor” safarda “Bunyodkor” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida jamoalar ehtiyotkor o‘yin namoyish etdi va hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa muxlislar gollar guvohiga aylandi. Dastlab, 60-daqiqada Toma Tabatadze hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 5 daqiqa o‘tib, mezbonlar futbolchisi Mirjahon Mirahmadov tezkor javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi. 73-daqiqada Tabatadze penaltidan unumli foydalanib, namanganliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin so‘ngida esa “qaldirg‘ochlar” futbolchisi Mirjahon Mirahmadov darvozani ishg‘ol qildi. Shu tariqa uchrashuv 2:2 hisobida durang natija bilan yakunlandi.

“OKMK” esa “Dinamo”ni qabul qildi va 3:1 hisobida zafar quchdi. Olmaliqliklar safida Milyan Shkrbich, Sardor Rahmonov va Nodirbek Abdurazzoqovlar gol muallifiga aylangan bo‘lsa, Samarqand jamoasi a’zosi Joel Kojo o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. 

3-tur yakunidan so‘ng turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish oldi:

Superliga

3-tur

17-mart, yakshanba

Gollar: 0:1 — 60 Tabatadze, 1:1 — 65 Mirahmadov, 1:2 — 73 Tabatadze (penalti), 2:2 — 90+7 Mirahmadov.

“Bunyodkor”: 71. Sarvar Karimov, 3. Mahmudjon Mahamadjonov, 7. Suhrob Izzatov, 10. Rasul Yo‘ldoshev (8. Frane Chiryak, 55), 11. Temurxo‘ja Abduxoliqov (9. Umidbek Sultonov, 59), 17. Ollabergan Karimov (47. Rustamxon Azimov, 88), 19. Bilol Tupliyev (92. Toni Yovich, 88), 45. Farhod O‘tkirov (14. Mirjahon Mirahmadov, 59), 57. Amir To‘raqulov, 66. Azizbek To‘lqunbekov, 77. Muzaffar Olimjonov.

“Navbahor”: 1. O‘tkir Yusupov, 6. Ibrohim Yo‘ldoshev, 9. Odiljon Hamrobekov, 10. Jamshid Iskanderov, 11. Asadbek Sobijonov (17. Ruslanbek Jiyanov, 46), 13. Filip Ivanovich, 14. Jamshid Boltaboyev, 22. Toma Tabatadze, 23. Yovan Jokich, 34. Farruh Sayfiyev, 77. Abrorbek Ismoilov.

Ogohlantirishlar: Abrorbek Ismoilov (32), Farhod O‘tkirov (55), Muzaffar Olimjonov (77).

Gollar: 1:0 — 12 Milyan Shkrbich, 1:1 — 63 Joel Kojo, 2:1 — 65 Sardor Rahmonov, 3:1 — 86 Nodirbek Abdurazzoqov.

“OKMK”: 35. Javohir Ilyosov, 2. Akramjon Komilov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (5. Giorgi Papava, 85), 6. Avazbek O‘lmasaliyev (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 70), 7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 10. Xurshid G‘iyosov, 15. Oybek Rustamov, 20. Islom To‘xtaxo‘jayev, 28. Arixiro Sentoku, 95. Milyan Shkrbich (18. Aziz Xolmurodov, 70).

“Dinamo”: 13. Ravshanbek Yagudin, 3. Ulug‘bek Abdullayev, 4. Odilbek Abdumajidov, 9. Humoyunmirzo Iminov (18. Dilshod Rahmatullayev, 68), 10. Joel Kojo (23. Farruh Ikromov, 68), 17. Salim Mustafoyev, 20. Jurani Fransisko Ferreyra, 21. Anvarjon Xojimirzayev, 22. Sanjar Shoahmedov (14. Bahodir Nasimov, 87), 44. Dushan Miyich, 58. Husniddin G‘ofurov (8. Hislat Halilov, 54).

Ogohlantirishlar: Anvarjon Hojimirzaev 18, Husniddin G'ofurov 38, Dushan Miyich 79,

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!