qarashlar
Amerikalik biznesmen Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Amerika razvedkasi bilan josuslik sun’iy yo‘ldoshlarining yangi tarmog‘ini yaratish bo‘yicha 1,8 milliard dollarlik shartnoma imzoladi, deb xabar berdi Reuters.
SpaceX AQSH Milliy kosmik razvedka boshqarmasi (NRO) bilan maxfiy shartnoma asosida yuzlab razvedka yo‘ldoshlari tarmog‘ini yaratish ustida ishlamoqda.
Xabarga ko‘ra, loyiha SpaceX’ning Starshield deb nomlangan bo‘limi tomonidan amalga oshirilmoqda, 1,8 milliard dollarlik tegishli shartnoma 2021-yilda NRO bilan imzolangan.
Fevral oyida The Wall Street Journal noma’lum razvedka agentligi bilan 1,8 milliard dollarlik Starshield maxfiy shartnomasi mavjudligi haqida xabar bergan edi. Biroq dasturning maqsadlari oshkor etilmagan.
Yangi past orbitali sun’iy yo‘ldoshlar tarmog‘i qachon ishga tushishi hamda loyihada yana qaysi kompaniyalar o‘z shartnomalari bilan ishtirok etayotgani aniq emas.
Comments
0 comment