menu
Sirdaryodagi gaz zapravkada portlash sodir bo‘lgani haqidagi xabarlar rad etildi
Viloyat FVB matbuot xizmati holatga aniqlik kiritdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyatidagi metan zapravkalarning birida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar taraldi. Viloyat FVB matbuot xizmati buni rad etdi.

Ma’lum qilinishicha, 9-mart kuni soat taxminan 21:10 larda Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani hududidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasidagi kompressor qismining bir bo‘lagi shikastlangan.

Hodisa oqibatida chaqnash va yong‘in sodir bo‘lmagan, insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Shikastlangan qurilma gaz to‘ldirish shoxobchasi hududidan uzoq masofada joylashgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!