menu
Sirdaryoda mayning ferma tashkil etgan MCHJ davlatga 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazdi
Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor nazorat tadbirida Sirdaryo viloyatida noqonuniy faoliyat yuritib kelgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo tumanida joylashgan “R.A.” MCHJ 86 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga ulab, noqonuniy ravishda foydalanib kelayotgani aniqlangan.

Ushbu holat bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 1 milliard 91 million so‘m miqdoridagi hisobga olinmagan elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilingan.

Avvalroq poytaxtda elektr energiyasiga noqonuniy tarzda ulanib, 1,5 milliard so‘mlik zarar yetkazgan mayning ferma aniqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Jizzaxda ikkita mayning ferma davlatga salkam yarim milliard so‘m zarar yetkazgani ma’lum bo‘lgan edi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!