menu
Sirdaryo—Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda
Transport vaziri Ilhom Mahkamov ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi

Sirdaryo—Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘li qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 23-fevral kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi, O‘zbekiston—Saudiya Arabistoni Ishbilarmonlar kengashi hamraisi Muhammad Abdulloh Abunayyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda taʼkidlangan.

Uchrashuvda O‘zbekiston transport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida mehmonlarga batafsil maʼlumot berilgan.

Shuningdek, transport infratuzilmasini rivojlantirish va yo‘l qurilishi sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan Toshkent—Samarqand, Toshkent—Andijon pulli avtomobil yo‘llarini, Sirdaryo—Baxt shaharlarini aylanib o‘tuvchi 38 km avtomobil yo‘lini qurish hamda aviatsiya sohasidagi loyihalar muhokama etilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!