menu
Shols Kiyevga yordamni Rossiya bilan urush bilan tenglashtirishdan bosh tortdi
“Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlaymiz, lekin biz Rossiya bilan urushmayapmiz”, — dedi Germaniya kansleri

Germaniya, Fransiya va Polsha Ukrainaga yordam miqdorini oshirish niyatida, biroq bu davlatlar Rossiya bilan urush holatida ekanligini anglatmaydi, dedi Germaniya kansleri Olaf Shols.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralarda uch davlat — Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari Ukraina uchun xalqaro bozorlarda qurol sotib olishga va artilleriya yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib olgan.

Avvalroq Yevroparlament Yevropa Ittifoqining jinoiy kelib chiqqan aktivlarni musodara qilish bo‘yicha direktivasini ma’qullagandi. Bu Rossiyaning Ukrainaga hujumi sababli muzlatilgan mablag‘laridan Ukrainani tiklash uchun foydalanish imkonini beradi. 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!