menu
Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yakuniga yetdi
FOTOREPORTAJ

Poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasida 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionati bahslari nihoyasiga yetdi.  

Shaxmatning standart, rapid va blits yo‘nalishlarida 200 nafarga yaqin yosh shaxmatchi 10 kun davomida o‘z mahoratini namoyish etdi.  

Standart yo‘nalishida kechgan bahslarda Nilufarxon Imomqo‘ziyeva, Afruza Hamdamova, Guldona Karimova, Javohir Bozorov, Xondamir Elmirzayev, Behruz Umarovlar g‘oliblik shohsupasining eng yuqori pog‘onasidan o‘rin egalladi.  

Rapid yo‘nalishida Nilufarxon  Imomqo‘ziyeva, Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Akbar Yoqubboyev, Akobirxon Saydaliyev, Marsel Shoyusupovga teng keladigani topilmadi.  

Blits yo‘nalishida esa Malika Jumayeva, Afruza Hamdamova, Umida Omonova, Akbar Yoqubboyev, Asrorjon Omonov, Sarvar Abduxoliqov tengdoshlaridan ancha ustun ekanligini ko‘rsata oldi.  

 G‘olib va sovrindorlarga tashkiliy qo‘mita tomonidan ta’sis etilgan diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 Muhammad AMIN (surat), O‘zA 

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!