menu
Shavkat Mirziyoyev Navro‘z saylida milliy madaniyat markazlari chiqishlarini kuzatdi (foto)
“Bu sanʼat, bu urf-odatlarimiz tarixiy. Ularning zamirida katta madaniyat, maʼrifat bor”, — dedi prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev bayram tantanasidan so‘ng Navro‘z saylida bo‘lib, milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlarini kuzatdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ko‘pmillatli xalqimizning to‘yi, bayramlari bir bo‘lib ketgan. Navro‘z ham barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari tinch-totuv yashab, uning ravnaqiga munosib hissa qo‘shmoqda. Hududlarda 38 ta do‘stlik jamiyati va 153 ta milliy madaniy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda.

Davlat rahbari shunday markazlarning ko‘rgazmalari va kuy-qo‘shiqlarini ham tomosha qildi. Turli millat vakillari bilan samimiy suhbatlashib, ezgu tilaklarini bildirdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!