menu
Sharl Mishel: “Yevropa Ittifoqi 2030-yilgacha harbiy buyurtmalarni ikki baravar oshirishi kerak”
Yevropa kengashi rahbari fevral oyida Ukraina hududlarini berib yuborish evaziga tinchlikka erishish haqidagi chaqiriqlarni qattiq tanqid qilgandi

Yevropa Ittifoqi davlatlari 2030-yilga borib, “tinchlikni istab, urushga tayyorgarlik ko‘rish” uchun Yevropa mudofaa sanoatidagi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar buyurtmalarini ikki baravar oshirishi kerak.

Bu haqda Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Euractiv portali uchun maqolasida aytib o‘tdi.

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel fevral oyida Ukraina hududlarini berib yuborish evaziga tinchlikka erishish haqidagi chaqiriqlarni qattiq tanqid qilgandi.

Yevroparlamentdagi chiqishi chog‘ida u bosib olingan hududlar Rossiya Federatsiyasi nazorati ostida qolishi sharti bilan Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqiriqlardan hayratda qolganini ta’kidlagan.

“Radikal so‘llarning Ukrainaga qurol yetkazib berishni to‘xtatishimiz kerak, degan da’volaridan hayratda qoldim. Siz ukrainaliklar suv to‘pponchasi bilan o‘zlarini himoya qilishlarini xohlaysizmi?”, — dedi o‘shanda Mishel.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!