menu
Saudiya Pro ligasi. “An-Nassr” mehmonda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi
Ronaldu penaltidan gol urdi

Saudiya Arabistoni chempionatining 24-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda “An-Nassr” safarda “Al-Ahli” klubini mag‘lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni Krishtiano Ronaldu penaltidan kiritdi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng “An-Nassr” ochkolari hisobini 56 taga yetkazib, peshqadam “Al-Hilol”dan 9 ochkoga ortda bormoqda. “Al-Ahli” 47 ochko bilan 3-pog‘onada qoldi. 

Saudiya Pro ligasi

24-tur bahsi

15-mart, juma

“Al-Ahli” — “An-Nassr” 0:1

Gol: 0:1 – Ronaldu (68, penalti).

“Al-Ahli”: Mendi, Majrashi (Assiri, 90+1), Demiral, Rojer, Balobaid (Al Ammar, 78), Kessie, Al-Asmari (Al Juhani, 63), Mahrez, Sen-Maksimen (An Nabit, 78), Firmino, Al Buraykan (Ar Rashidi, 90+2).

“An-Nassr”: Ospina, Laport, Al Avjami (Al Fatil, 72), Telles, Brozovich, Otavio, An Naji, Yahyo (Bushal, 90+1), Mane, G‘arib (Al Hasan, 89), Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Rojer (12), Kessie (45), Otavio (53), Laport (90+10).

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!