qarashlar
Saudiya Arabistoni va Pokiston Isroildan G‘azodagi harbiy amaliyotlarini to‘xtatishni va mojaroni BMT rezolyutsiyalari asosida tinch yo‘l bilan hal qilishni talab qildi. Bu haqda Al Jazeera nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, ikki davlat rahbariyati ushbu talablarini Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad ibn Salmon va Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif o‘rtasida Makkada bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng eʼlon qilgan.
Saudiya Arabistoni va Pokiston qo‘shma bayonotiga ko‘ra, tomonlar Isroilning G‘azodagi harbiy amaliyotlarini to‘xtatish, xalqaro qonunlarga rioya qilish va gumanitar yordamning G‘azoga to‘siqsiz yetib borishini osonlashtirish bo‘yicha xalqaro saʼy-harakatlarni kuchaytirishga chaqirdi.
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon va Pokiston bosh vaziri Shahbaz Sharif ,o‘z navbatida, BMT rezolyutsiyalari va poytaxti Sharqiy Quddus bo‘lgan mustaqil Falastin davlatini barpo etish uchun adolatli va keng qamrovli yechim topishga qaratilgan tinchlik jarayoni zarurligini urg‘ulashgan.
Comments
0 comment