menu
Samarqandda 13 yashar bola Damas’da oyog‘i zanjir bilan kishanlangan holda topildi
Unga nisbatan bunday harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda

Samarqand shahar Gagarin ko‘chasida voyaga yetmagan bola Damas’da oyog‘i zanjir orqali kishanlangani aniqlandi.

Bu haqdagi xabar Samarqand viloyat IIB 102 operatoriga 16-mart kuni kelib tushgan va hududga IIB xodimlari borib, holatni rasmiylashtirgan. IIB axborot xizmati rahbari Jahongir Sagdullayevning “Daryo”ga ma’lum qilishicha, u 2011-yilda tug‘ilgan bola bo‘lgan. 

Hozirda bolaga nisbatan ushbu harakatlarni sodir etgan shaxsga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bolani “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi”ga joylashtirib, psixolog yordamida zaruriy ko‘maklar berish choralari ko‘rilmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!