menu
Samarqand viloyati hokimligi MMA jangchisi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy sovg‘a qildi
Sportchi Tbilisidagi turnirda qatnashib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi

Samarqand viloyati hokimligi tomonidan MMA jangchisi Mavlud Tifiyevga 3 xonali uy topshirildi.

Mavlud Tifiyev hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Adiz Boboyev tomonidan taqdirlangan. Samarqand viloyati Axborot xizmatining “Daryo”ga ma‘lum qilishicha, uy homiylar mablag‘lari asosida xarid qilingan.

Ma’lum bo‘lishicha, sportchi 7-dekabr kuni Gruziya poytaxt Tbilisi shahrida MMA bo‘yicha ham jang o‘tkazib, chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u “One FC”, “Fire Fight”, RCC kabi promoushenlarda g‘alabalar qayd etib kelmoqda.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!