qarashlar
Ukraina hududida 474 ming nafar rus harbiysi bor, yil boshidan buyon bu ko‘rsatkich sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Ukraina razvedkasi rasmiysi Vadim Skibitskiy “Apostrof TV” efirida ma’lum qildi.
U Rossiya yangi piyoda bo‘linmalarini tayyorlash vaqtini sezilarli darajada qisqartirgani, professional harbiy kadrlar tayyorlashni tezlashtirayotganini aytdi. Xususan, piyoda askar atigi 27 kun ichida noldan tayyorlanadi. Bu vaqt ichida u individual tayyorgarlikdan o‘tadi, bo‘linma tarkibida mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Bosh razvedka boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiya yo‘qotishlarining asosiy qismi oddiy piyoda askarlarga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, Rossiya piyoda qo‘shinlarida foydalanadigan texnikaning 80 foizi tiklangan yoki modernizatsiya qilingan, faqat 20 foizigina yangi tanklar, piyoda jangovar mashinalar, zirhli transport vositalari, artilleriya tizimlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Comments
0 comment