menu
Rossiyadagi iPhone’lar G‘arb tomonidan o‘chirib qo‘yilishi mumkin 
Gorelkinning so‘zlariga ko‘ra, agar harbiy mojaro butunlay boshqa bosqichga o‘tsa, Apple Rossiyadagi barcha iPhone’larni, Google esa Android telefonlarini o‘chirib qo‘yishi aniq

Rossiya davlat dumasining axborot siyosati qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anton Gorelkin rossiyaliklarni G‘arb davlatlari bilan urush boshlangan taqdirda iPhone’lar o‘chishi haqida ogohlantirdi

Gorelkinning so‘zlariga ko‘ra, agar harbiy mojaro boshqa bosqichga o‘tsa, Apple barcha iPhone’larni, Google esa barcha Android smartfonlarini o‘chirib qo‘yishi mumkin.

Bir kun avval Vladimir Putin G‘arbni Rossiya va AQSH boshchiligidagi NATO harbiy ittifoqi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaro Uchinchi Jahon urushiga bir qadam qolganini bildirishidan ogohlantirgan edi. 

O‘tgan oy Fransiya prezidenti Emmanuel Makron kelajakda Ukrainaga quruqlikdagi qo‘shinlarni yuborishni istisno qilmasligini ma’lum qilgan. Makronning so‘zlariga javoban Putin zamonaviy dunyoda hamma narsa bo‘lishi mumkinligini aytgan. Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Ukrainada allaqachon NATO qo‘shinlari mavjud, uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina jang maydonida ingliz va fransuz tillarida so‘zlashuvchi harbiylar mavjud.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!