qarashlar
Rossiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, Irkutskdagi “Rusal Komplektatsiya”, Ufadagi “Guryevskiy rinok”, “Proyektstroykompleks”, Tuladagi “Promsort tuda”, “Link Promoborudovaniye”, “YunayTeks”, “Shyokinskiy zavod KVOiT”, Sankt-Peterburgdagi “Karat Plyus”, “Opora Injiniring” va Astraxandagi korxonalarda ishlayotgan o‘zbekistonliklar hamda ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Sankt-Peterburg, Perm va Novosibirskda moliyaviy qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari Perm—Namangan, Sankt-Peterburg—Urganch yo‘nalishidagi aviareyslar orqali vatanga qaytarildi.
Shuningdek, Volgograd, Voronej, Yekaterinburg va Nijnevartovskda ishlayotgan o‘zbekistonliklarga huquqiy va moddiy yordam ko‘rsatildi.
Comments
0 comment