menu
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining bolalari olib kelindi
Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish birinchi marta amalga oshirildi

O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi uzoq vaqt davom etgan tadbirlar natijasida Rossiyaning Volgabo‘yi federal okrugidagi Mordoviya jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan bolalarini vatanga qaytarish jarayonlarini muvaffaqiyatli yakunladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Bosh konsulxona diplomatlari tomonidan olib borilgan maqsadli muzokaralar samarasi o‘laroq, o‘zbekistonlik bolalarni Mordoviyadagi jazoni ijro etish muassasasi hududida joylashgan Bolalar uyidan olish bo‘yicha kelishuvga  erishildi.

Voyaga yetmagan bolalar diplomatlar, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va mamlakatimiz tibbiyot xodimlari hamrohligida qabul qilib olindi.

Rossiyadagi jazoni ijro etish muassasalarida joylashgan Bolalar uyidan o‘zbekistonlik yosh bolalarni repatriatsiya qilish tadbiri amaliyotda birinchi marta amalga oshirildi.

Xorijdan O‘zbekistonga qaytarilgan bolalar

Avgust—sentyabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekistonga qaytarilgandi. Oktyabr oyida Rossiyada qarovsiz qolgan 8 oylik chaqaloq O‘zbekistonga, ota-onasi bag‘riga qaytarildi. Moskvadagi voyaga yetmagan huquqbuzarlarni vaqtincha saqlash markazidan 4 nafar bola O‘zbekistonga olib kelindi. O‘sha oyda Turkiyada ota-onasining qarovisiz qolib ketgan uch nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi. Noyabrda Dubayni tark etish taqiqlangan o‘zbekistonlik bolaga vatanga qaytishiga yordam berildi. Dekabrda Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan 15 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!