menu
Rossiya Ukraina poytaxtiga 31 ta raketa uchirdi (video) 
Kiyev ham ballistik, ham qanotli raketalar bilan nishonga olingan. Havo hujumidan ogohlantirish tizimi deyarli 3 soat davom etgan

Rossiya 21-mart kuni Ukraina poytaxti Kiyevga raketa zarbalari berdi, natijada kamida 10 kishi jarohatlandi. Havo hujumidan mudofaa tizimlari barcha raketalarni tutib olsa-da, turar joy binolari va sanoat obyektlariga zarar yetdi.

Kiyevga zarba so‘nggi haftalarda kuzatilgan eng yirik hujum sanaladi. Shahar ham ballistik, ham qanotli raketalar bilan nishonga olingan.

44 kunlik tanaffusdan keyin dushman Kiyevga yana raketa hujumini uyushtirdi. Barcha favqulodda xizmatlar joyida ishlamoqda. Raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda, — dedi Kiyev harbiy administratsiyasi rahbari Sergey Popko.

Shahar meri Vitaliy Klichkoning aytishicha, butun shahar bo‘ylab kamida 10 kishi jarohatlangan. Kasalxonaga olib ketilgan ikki kishi orasida 11 yoshli qiz ham bor.

Popkoning aytishicha, rossiyalik harbiylar strategik bombardimonchi samolyotlardan foydalangan. Havo hujumidan ogohlantirish tizimi deyarli uch soat davom etgan.

Klichkoning aytishicha, raketa qoldiqlari bir nechta turar joy binolari, sanoat obyektlari va bolalar bog‘chasiga tushgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!