menu
Rossiya TIV Damashqdagi Eron konsulligiga Isroil tomonidan uyushtirilgan hujumga izoh berdi 
“Biz Isroil rahbariyatini butun mintaqada o‘ta xavfli oqibatlarga olib keladigan provokatsion harbiy harakatlardan voz kechishga qatʼiy chaqiramiz”, — deyiladi vazirlik bayonotida

Rossiya Isroilning Damashqdagi Eron konsulligiga uyushtirgan hujumiga xalqaro hamjamiyat tegishli huquqiy baho berishi kerakligini aytib, bunday tajovuzkor harakatlarga chek qo‘yishi lozim, degan fikrni bildirdi. Bu haqda Rossiya TIV bayonotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Rossiya TIVga ko‘ra, hujum natijasida bino butunlay vayron bo‘lgan, halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida diplomatlar ham bor. Moskva Eronning Suriyadagi konsullik vakolatxonasiga qilingan hujumni keskin qoralaydi.

Vazirlik tegishli Vena konvensiyalari bilan daxlsizligi kafolatlangan diplomatik va konsullik muassasalariga qilingan har qanday hujumni mutlaqo qabul qilib bo‘lmas deb hisoblashini aytgan. Shuningdek, bayonotda hujumning aholi zich joylashgan hududda amalga oshirilgani, bu esa tinch aholi orasida ommaviy qurbonlarning yuqori xavfini keltirib chiqarishiga urg‘u berilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!