menu
“Rossiya mart oyida Sumi viloyatiga deyarli 200 ta bomba tashladi” — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Rossiya bilan chegaradosh viloyatdagi infratuzilmalar vayronaga aylanayotganini ma’lum qildi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya Sumi viloyatiga mart oyida 200 ga yaqin boshqariladigan bomba tashlaganini ma’lum qildi. Bu haqda prezident saytida xabar berildi.

U mart oyining boshidan bugungi kungacha Rossiya aviatsiyasi birgina Sumi viloyatidagi aholi punktlariga 200 ga yaqin boshqariladigan bombalar tashlaganini aytdi. 

Zelenskiy, shuningdek, mart—aprel oylarida xalqaro ishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazganini aytdi. Prezident rossiyalik harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish bo‘yicha yangi qonuniy choralar haqida ma’lumot berdi. Bundan tashqari, Zelenskiy Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan suhbatlashdi.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!