menu
Rossiya kuchlari Zaporojye viloyatidagi Rabotino hududini egallab oldi — “TASS”
“Rabotinoning janubiy va markaziy hududlaridagi aholi punktlari nazoratimiz ostida, shimoliy qismi esa Ukraina qo‘shinlari nazoratida qolmoqda”, — deydi Vladimir Rogov

16-mart kuni Rossiya kuchlari Zaporojye viloyatidagi Rabotino hududini o‘z nazoratiga olgan. Hozirda rus bo‘linmalari egallangan hududlarda Ukraina hujumlarini qaytarmoqda. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Rossiya intensiv hujumlar uyushtirib, Rabotino hududining markazini nazorat ostiga olgan. Harbiy texnikalar joylashtirilib, Ukraina qarshi hujumiga tayyorgarlik darajasi oshirilgan. 

Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari Rossiya pozitsiyalariga hujum qilishda davom etmoqda. Ikki tomonning nazorat qilayotgan hududlari tez-tez o‘zgarib turibdi. Frontda mutlaq ustun tomon yo‘q.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!