menu
Rossiya havo kuchlari Donetsk shimolidagi Ukraina istehkomlariga zarba berdi — “TASS”
Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, hujum oqibatida Ukraina kuchlari egallagan bir qancha pozitsiyalarini tark etgan. Rossiya kuchlari hududda faollashgan

5-mart kuni Rossiya harbiy-havo kuchlari Donetsk shimolidagi Ukraina istehkomlariga jiddiy zarbalar bergan. Bu haqda “TASS” nashri Rossiya harbiy idoralari tarqatgan xabarlarga tayanib, maʼlum qildi.

“Rossiya harbiy-havo kuchlarining hujumkor guruhi shimoliy Donetsk yo‘nalishida istehkomlar va dushman ishchi kuchlariga zarba berdi. Zarba murakkab ob-havo sharoitida imkon qadar yaqin masofadan S-8 havo raketalari yordamida amalga oshirilgan”, — deyiladi “TASS” xabarida.

Xabarda aytilishicha, barcha nishonlar muvaffaqiyatli yo‘q qilingan. Hududdagi Ukraina hujum mexanizmi to‘liq ishdan chiqqan. Ularda o‘q-dori yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda.

Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, hujum oqibatida Ukraina kuchlari egallagan bir qancha pozitsiyalarini tark etgan. Rossiya kuchlari hududda faollashgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!