menu
Rim papasi Rossiya va Ukrainani qurollarini tashlashga chaqirdi
Shuningdek, u o‘z nutqida Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatishga, Afrika davlatlariga gumanitar yordamni kuchaytirishga ham chaqirdi

Rim papasi Fransisk katolik mamlakatlarida 25-dekabr kuni nishonlanadigan Rojdestvo bayrami munosabati bilan nutq so‘zladi. Yepiskop Rossiya—Ukraina mojarosini yakunlashga chaqirdi.

“Bu Rojdestvoda men har bir insonni, shuningdek, barcha xalqlar va elatlarni qurol ovozini o‘chirish va kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun o‘zlarida jasorat topishga chaqiraman”, dedi Papa Fransisk.

Shuningdek, u Ukrainadagi mojaro tomonlarini tinchlik o‘rnatish uchun muzokaralar va muloqotga ochiq bo‘lishga chaqirdi.

Pontifik Rojdestvo bayramidagi nutqida Yaqin Sharqdagi urushni to‘xtatishga ham chaqirdi. Shuningdek, u Afrika davlatlariga gumanitar yordamni kuchaytirish zarurligi haqida gapirdi. Rim papasining so‘zlariga ko‘ra, u yerdagi gumanitar vaziyatning yomonlashuvi qurolli mojarolar, terrorizm va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.

Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ukrainadagi urush 2025-yilda ikki xil yo‘l bilan tugashi mumkinligini aytib o‘tgandi.

“Jangovar harakatlar 2025-yilga kelib yakuniga yetadi. Bu yo tinchlik bitimi bilan, yo mojaro tomonlaridan birining yo‘q qilinishi bilan tugaydi”, dedi siyosatchi.

Unga ko‘ra, G‘arbning Ukrainaga sarflagan mablag‘lari behuda ketgan, oqibatda mamlakat o‘z iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlashga qodir emas. Germaniya va Fransiyadagi siyosiy inqirozlar esa G‘arbning noto‘g‘ri strategiyasi oqibatlarining boshlanishi, xolos.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!