menu
Reuters: Hindistonning neft qayta ishlash korxonalari Rossiya neftiga muqobil izlamoqda 
Hindistonning yirik neftni qayta ishlash korxonalari rus ta’minotchisidan spot yetkazib berish hajmi kamaygani sababli 8 milliondan 10 million barrelgacha neft taqchilligiga duch kelgan

Hindiston davlat neftni qayta ishlash kompaniyalari Rossiya yoqilg‘isidan voz kechib, Yaqin Sharq xomashyosiga o‘tishi mumkin.

Reuters axborot agentligi neftni qayta ishlash sohasidagi uchta manbaga tayanib xabar berishicha, bunga sabab Rossiyadan yetkazib berishning yetishmovchiligi bo‘lgan.

Hindistonning yirik neftni qayta ishlash korxonalari — Indian Oil Corp, Bharat Petroleum Corp va Hindustan Petroleum yanvar oyida o‘z quvvatlarini to‘ldirish uchun 8 milliondan 10 million barrelgacha neft taqchilligiga duch kelgan, chunki ularning asosiy rus ta’minotchisidan spot yetkazib berish hajmi kamaygan.

Reuters’ning aniqlik kiritishicha, kompaniyalar Rossiyadagi ichki talabning o‘sishi, shuningdek, Rossiyaning OPEK+ davlatlari oldidagi majburiyatlarini bajarish zarurati tufayli keyingi oylarda ham rus neftini import qilishda qiyinchiliklar bo‘lishidan xavotirda. Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti Rossiyadan neft qazib olishni kamaytirishni, shuningdek, ilgari kvotalardan oshib ketgan miqdorni qoplashni talab qilmoqda.

Ikki manbaning nashrga ma’lum qilishicha, ularning kompaniyasi Yaqin Sharq ta’minotchilaridan uzoq muddatli shartnomalar doirasidagi qo‘shimcha hajmda xom ashyo olishi yoki yuqori oltingugurtli neft uchun spot-tender e’lon qilishi mumkin. Shuningdek, suhbatdoshlar kompaniyalar mart oyida xom ashyoni qayta ishlash uchun ichki neft zaxiralaridan foydalanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Comments

http://uzun-quloq.uz/assets/images/user-avatar-s.jpg

0 comment

Write the first comment for this!